TAN GROUP kompaniyasi yetakchi janubiy koreyalik BOMI ENGINEERING qurilish kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni e’lon qilishdan faxrlanadi.

Ushbu yangi alyans bir qator yirik qurilish loyihalarini amalga oshirishni, asosiy e’tiborni yuqori sifat va belgilangan muddatlarga rioya qilishga qaratishni maqsad qilgan.

Hamkorlik doirasida TAN GROUP quyidagi muhim ishlarni bajaradi:

- Metall konstruktsiyalarni tayyorlash;

- Shisha panjaralarni o‘rnatish;

- "Armstrong" tizimidagi osma shiftlarni montaj qilish.

Ilg‘or texnologiyalar va qat’iy standartlari bilan mashhur janubiy koreyalik BOMI ENGINEERING kompaniyasi, TAN GROUP’ni qurilish sohasidagi tajribasi va obro‘si tufayli ishonchli hamkor sifatida tanladi. Bunga javoban TAN GROUP ushbu hamkorlik kompaniya xalqaro mavqeini mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishini ta’kidlaydi.

TAN GROUP kompaniyasining bosh direktori quyidagicha izohladi: “Bunday nufuzli kompaniya – BOMI ENGINEERING’ning bizga bildirgan ishonchi bilan faxrlanamiz. Jamoalarimiz eng murakkab vazifalarni hal qilishga tayyor, va biz birgalikda ulkan natijalarga erishamiz deb ishonamiz.

” TAN GROUP tomonidan bajariladigan ishlar xalqaro sifat standartlariga qat’iy rioya qilgan holda va innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. BOMI ENGINEERING’ning yuqori talablarini inobatga olgan holda, loyiha tafsilotlarining har bir qismi maksimal aniqlik bilan ishlab chiqiladi.

TAN GROUP va BOMI ENGINEERING kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik mintaqadagi qurilish sohasini rivojlantirish uchun yangi ufqlarni ochib beradi va mahalliy hamda xalqaro tajriba muvaffaqiyatli integratsiyasi uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Birinchi natijalar yaqin oylarda taqdim etilishi kutilmoqda.

So'rov qoldiring

Bizga yozing va biz siz bilan albatta bog'lanamiz