- :
Discover Invest buyurtmasiga asosan ATLAS mebel markazini noldan boshlab to'liq qurib bitkazdik. Loyihani amalga oshirish poydevor qazish ishlaridan tortib, binoni yakuniy pardozlashgacha bo'lgan barcha bosqichlarni qamrab oldi va qisqa muddatda — bor-yo'g'i 3 oy ichida yakunlandi.
Qurilish jarayonida poydevor tayyorlash va mustahkam beton asosini quyish ishlari bajarildi. Binoning karkasi uchun ishonchli "Kislovodsk" tizimidagi metall konstruksiyalar montaj qilindi. Shuningdek, fasad qismini qoplash va tashqi ko'rinishini bezash ishlari amalga oshirildi.
Yakuniy bosqichda savdo maydonlarining ichki pardozlash ishlari to'liq bajarildi va obekt belgilangan muddatda foydalanishga topshirildi.
So'rov qoldiring
Bizga yozing va biz siz bilan albatta bog'lanamiz
