Qurilish jarayoni murakkab mexanizm. Ko'pgina buyurtmachilar xarajatlarni qisqartirish uchun qurilishda texnik nazorat xizmatidan voz kechishadi. Biroq, bu — "bosh og'rig'i" va kelajakdagi katta xarajatlarga eshik ochishdir. Mutaxassislar nazoratisiz olib borilgan ishlar sifatning pasayishiga va xavfsizlik standartlarining buzilishiga olib keladi.
1. Sifat va standartlarga rioya etilishini ta'minlash
Texnadzor xizmati asosiy vazifasi — qurilish-montaj ishlarining loyiha hujjatlariga va davlat standartlariga (KMK) mosligini tekshirish. Biz beton sifati, armatura o'rnatilishi va materiallarning texnik talablarga javob berishini nazorat qilamiz.
2. Yashirin xatolarni aniqlash
Qurilishda eng xavflisi — ko'zga ko'rinmas, ammo bino mustahkamligiga ta'sir qiluvchi xatolar. Professional texnik audit bu xatolarni qurilish davomida aniqlaydi va ularni o'z vaqtida bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa keyinchalik binoni ta'mirlash uchun ketadigan millionlarni tejab qoladi.
3. Obyektni muammosiz topshirish
Obyektni davlat komissiyasiga topshirish bosqichida barcha hujjatlar va bajarilgan ishlar tartibda bo'lishi kerak. Qurilish sifati nazorati tizimli olib borilsa, obyektni topshirish jarayoni hech qanday jarimalar va tushunmovchiliklarsiz amalga oshadi.
TAN GROUP — sizning xavfsiz qurilishingiz garovi
Qurilish maydonchalarida xotirjam ishlashni xohlaysizmi? TAN GROUP mutaxassislari sizning nomingizdan barcha jarayonlarni nazorat qiladi. Biz bilan siz sifatli va xavfsiz yakuniy natijaga erishasiz. Loyihangizni professionallarga ishonib topshiring!
📞 Qo‘shimcha ma’lumot va hamkorlik uchun: 71 200 32 00
